706 28.04.2025
Fraksiya yig‘ilishi Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedovning O‘zbekistonga tashrfi ahamiyati muhokamasi bilan boshlandi.
Taʼkidlash lozim, ikki davlat aloqalari rivojida yangi davr boshlandi va bu iqtisodiy ko‘rsatkichlarda ham o‘z aksini topmoqda. O‘tgan yili o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi 1,1 milliard dollarni tashkil etdi va yaqin yillarda bu ko‘rsatkichni 2 milliard dollarga yetkazish maqsad qilingan.
– Qardosh xalqlar hamkorligi shubhasiz Markaziy Osiyoda ham siyosiy, ham iqtisodiy hayotni yaxshilashda muhim ahamiyat kasb etmoqda, – dedi fraksiya rahbari Alisher Qodirov.