“Milliy tiklanish” xodim manfaatiga zid qonun loyihasini rad etdi


1044     28.04.2025

Yig‘ilishda Mehnat kodeksida xususiy sektor uchun belgilangan ijtimoiy majburiyatlarni erkinlashtirishga qaratilgan qonun loyihasi birinchi o‘qishda qizg‘in muhokama qilindi va fraksiya aʼzolari ushbu qonun loyihasini qo‘llab-quvvatlamadi.

Qonun loyihasida asosan xodim emas, ish beruvchi – tadbirkorlar manfaatiga ustuvorlik berilgan. Yaʼni, tenglik buzilyapti. Fraksiya liberallarning tadbirkorlarni rivojlantirish g‘oyalariga qarshi emas, lekin har qanday rivojlanish qadriyatlar bilan bo‘lishi kerak!

Farhod Zayniyev: biz mahalliy tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlaymiz, lekin bu xodimlarning mehnat huquqlarini buzish hisobiga bo‘lmasligi kerak.