1048 29.04.2025
Tabib tabib emas, boshidan o‘tgan tabib deganlaridek, Samarqandda turizm muammolarini o‘rgangan Qonunchilik palatasi deputati Bekmirza Eshmirzayev bu masalada Registonda aylanib yurgan yevropalik sayyohlarning o‘zlari bilan suhbatlashishni lozim topdi.
Italiyalik sayyohlar shahardagi ariqlarning ochiq holatda ekanidan, agar biron kishi ehtiyotsizlik qilib tushib ketsa, jiddiy jarohat olishi mumkinligidan noligan bo‘lsa, germaniyalik sayyohlar mamlakatimizga kelayotgan turistlar oqimining asosiy qismini nega keksalar tashkil etayotganini yurtimizda yoshlarbop manzillar kamligi bilan izohladi. Shuningdek, sayyohlar turistik xaritalardagi xatoliklar, manzillarning kiril alifbosida yozilganidan ham shikoyat qilishgan.