Qoraqalpog‘istonning “Ishan qalʼa”si


630     30.04.2025

Kegeyli tumani “Xalqabad” shahrining janubiy-sharqida joylashgan “Ishan qalʼa” yodgorligi XVIII asr oxiri XIX asr boshlarida bunyod etilgan bo‘lib, tarixiy obida bir paytlar Xiva va Buxoro madrasalarida taʼlim olgan qoraqalpoq yoshlari uchun ilm-maʼrifat markazi vazifasini o‘tagan. Yaʼni, ular yangi maktab va madrasalar tashkil etib, mahalliy aholining savodini oshirishga ko‘maklashgan. Afsuski, chor Rossiyasi bosqini davrida tarixiy obidaga jiddiy zarar yetkazilgan.

Ushbu yodgorlik bilan tanishgan Qonunchilik palatasi deputati Ruslan Jumamuratov tarixiy obidani saqlash va turizm manziliga aylantirish, buning uchun infratuzilmani yaxshilash bo‘yicha o‘z takliflarini berdi.