Yoshlar parlamentiga saylovlar yakuniy bosqichga kirdi


508     30.04.2025

Xabaringiz bor, shu kunlarda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamentiga saylovlar bo‘lib o‘tyapti. Birinchi va ikkinchi bosqichda saralangan nomzodlar bugun partiya Markaziy kengashida o‘tkazilayotgan uchinchi bosqichda ishtirok etmoqda.

Markaziy kengash va fraksiya aʼzolaridan iborat ishchi guruh nomzodlarning siyosiy-huquqiy bilimlari, “Milliy tiklanish” tarixi, maqsadi va vazifalari, dasturiy loyihalari, Yoshlarga oid qonunchilik jarayoni bilan bog‘liq masalalarda bilim va ko‘nikmalarini baholamoqda. Nomzodlar o‘zlarining saylovoldi dasturini ham taqdimot qilyapti.

Yoshlar parlamentiga aʼzolik uchun 1 188 ta ariza kelib tushgan bo‘lib, saralashdan o‘tgan 70 nafar nomzod Respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan.