727 30.04.2025
Jizzax viloyatida o‘rganishlar olib borgan deputat Nazira Muxtorova asosiy eʼtiborni to‘y-hasham, marakalarda ortiqcha isrofgarchilikning oldini olish, uyushmagan yoshlarni kasbga yo‘naltirish va xotin-qizlar bandligini taʼminlash masalalariga qaratdi. Shu maqsadda Sharof Rashidov tumanidagi “Qo‘shko‘prik” mahallasi “yettiligi” vakillari bilan suhbatlashdi. “Yangidiyor” mahallasida esa tadbirkor Sherzod Qo‘ziyev faoliyati bilan tanishdi.
Eʼtiborli tomoni, tadbirkor ayni kunlarda 45 quti ipak qurti urug‘ini boqish orqali "Ayollar daftari" ro‘yxatida turgan 80 nafar ishsiz xotin-qizlar bandligini taʼminlagan.