573 01.05.2025
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Azamat Pardayev saʼy-harakati bilan bir oilaning 32 yillik muammosi nihoyat hal etildi. Bir oila shuncha yildan buyon yo‘l yo‘qligi bois o‘z uyiga qo‘shnilarining hovlisi orqali kirib-chiqayotgan edi.
Deputatning saylovchilar bilan bo‘lgan uchrashuvlaridan birida bu haqda murojaat bo‘lgan edi. Azamat Pardayev shundan so‘ng tuman mutasaddilari bilan muammoni joyiga chiqib o‘rgandi va ko‘p o‘tmay hashar yo‘li bilan “qamalib” qolgan oilaga yo‘l ochib berildi.
Ayol “o‘shanda tug‘ilgan o‘g‘lim 32 yoshga kirdi”, deydi xursand bo‘lib.