513 02.05.2025
Shu yil 24-yanvar kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilinib, Senatga yuborilgan elektron sigaretalarni taqiqlashga qaratilgan qonun tasdiqlandi.
Millat genofondini saqlash yo‘lidagi tarixiy qaror sifatida baholanayotgan ushbu qonunga ko‘ra, endi elektron sigaretalar va u bilan bog‘liq suyuqliklarni ishlab chiqarish, tayyorlash, saqlash, olib kirish taqiqlanadi. Buning uchun qonunchilikda qatʼiy javobgarlik belgilanmoqda.
Deputat Zuhra Mirg‘oziyevaning taʼkidlashicha, ushbu qonun bilan partiyamiz – “Milliy tiklanish”ning saylovoldi dasturidagi muhim taklif ijrosi taʼminlanmoqda. Partiyamiz 2021-yilda bu masalani ilgari surgan edi.