693 02.05.2025
Beshinchi o‘rin.
Gutenbergning birinchi bosma Injili. 1455-yili Gutenberg o‘zining birinchi to‘liq bosma kitobini tayyorlaydi, Ushbu kitob hozirda «Gutenberg Bibliyasi» yoki «42-satrli Bibliya» nomi bilan tanilgan. Bu kitob bosma holida chop etilgan birinchi asar edi.Gutenberg Bibliyasi lotin tilida chop etilgan bo‘lib, o‘quvchilar ixtironi odatiy va ishonchli qabul qilishlari uchun uning tashqi ko‘rinishi oldingi davrlardagi qo‘lyozma kitoblarga o‘xshardi. Noyob kitob 1987-yilda 5,4 million dollarga sotilgan.
To‘rtinchi o‘rin.
«Amerika qushlari» kitobi. Amerikalik tabiatshunos olim Jon Jeyms Adyubon tomonidan Shimoliy Amerika qushlarining tabiiy o'lchamdagi rasmlari bilan bezatilgan ushbu kitob 1827-yildan 1838-yilgacha Edinburg va Londonda bo‘lib-bo‘lib chop etilgan. Kitobdagi rasmlarda 489 turga mansub 1065 ta qush tasvirlangan. Kitob 2010-yili 11,5 million dollarga sotilgan.
Uchinchi o‘rin.
The Gospel of Henry the Lion. Bu lotin tilida buyurtma asosida yaratilgan ajoyib dizayndagi qo‘lyozma kodeksi bo‘lib, ushbu kitob oltinga boy naqshlari, batafsil miniatyuralari va murakkab bezaklari bilan ajralib turadi. Dizayn uslubi Vizantiya va roman an’analarining ta’sirida ishlangan va rang palitrasi 1983-yilda Sotbis kim oshdi savdosida 11,7 million dollarga sotilgan.
Ikkinchi o‘rin.
Beyzerskiy psaltir kitobi. Bu Britaniyaning Shimoliy Amerikasida chop etilgan birinchi kitob sanaladi. Bu shuningdek, puritan ruhoniylari tomonidan Dovudning sanolarini ingliz tiliga tarjimasi ham deyiladi. Qayd etish joizki, Puritanlar ibodatlarda foydalanish uchun psalmalarning aniqroq versiyasini yaratishga harakat qilishgan. Hozirgacha bu kitobning faqat 11 nusxasi saqlanib qolgan. 2013 yilda ana shu nusxalarning biri Sotheby's auksionida 14,2 million dollarga sotilgan va tarixdagi eng qimmat kitoblardan biriga aylangan.
Birinchi o‘rinda Lester kodeksi.
Bu Leonardo da Vinchining ilmiy yozuvlari va rasmlari daftari bo‘lib, u charm muqovali, bor-yo‘g‘i 29 ga 22 santimetr o‘lchamdagi 36 varaqdan iborat kitobdir. Leonardo da Vinchining astronomiya, suv va toshlarning xususiyatlari, havo va osmon yorug‘ligi haqidagi kuzatish va nazariyasi tushirilgan daftarda ko‘plab rasmlar va diagrammalar ilova qilingan bo‘lib, u 30,8 million dollarga sotilgan.
Mahbuba KARIMOVA tayyorladi.
“Milliy tiklanish” gazetasining 2025-yil 30-aprel sonidan olindi