O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining 2024-yil moliyaviy faoliyati yuzasidan hisobot


710     02.05.2025

Partiya o‘z moliyaviy xo‘jalik faoliyatini O‘zbekiston Respublikasining  “Siyosiy partiyalar to‘g‘risida”gi, “Siyosiy partiyalarni moliyalashtirish to‘g‘risida”gi Qonunlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 16 martdagi 86-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Siyosiy partiyalarning ustav faoliyatini davlat tomonidan moliyalashtirish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga, o‘z Ustav va Dasturiga muvofiq amalga oshirdi.

2025 yil 1 yanvar holatiga ko‘ra O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi tizimida 14 ta hududiy tashkilot hamda  7552 ta boshlang‘ich partiya tashkilotlari faoliyat olib borgan.  Partiya aʼzolari soni   771 707 nafarni tashkil etgan.

O‘zbekisiton Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasida O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan saylangan deputatlar soni 29 nafarni  tashkil etadi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlarida  1023  nafar deputatdan iborat.

“Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Ustaviga muvofiq partiya faoliyatini moliyalashtirish manbalari - Davlat byudjetidan ajratilgan mablag‘lar, aʼzolik badallari, yuridik va jismoniy shaxslarning hayriya yordamlari hamda amaldagi qonunlarga zid bo‘lmagan boshqa barcha tushumlardan iborat.

2024 yilda partiya hisob raqamlariga 53 milliard 618 million  so‘m  kelib tushdi. Jumladan, partiyaning Ustav faoliyatini moliyalashtirish uchun Davlat byudjetidan 32 milliard 151 million so‘m, Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi, shahar va tuman deputatligiga saylovlarida ishtirok etish uchun Davlat byudjetidan 12 milliard 141 million so‘m,

aʼzolik badallaridan  932  million so‘m,

homiylik, hayriya  tushumlar -   6 milliard 419 yuz million  so‘m,

boshqa tushumlardan-  1 milliard 973 million  so‘m,

2024 yildagi partiyaning sarf-xarajati 50 milliard 531 million  so‘mni tashkil etdi.

Shu jumladan, Ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar hamda ish beruvchining ajratmalari xarajatlariga 23 milliard 523 million  so‘m; 57% tashkil etdi

Dasturiy vazifalar bilan bog‘liq  xarajatlariga 6 milliard 943 million; 17% tashkil etdi

Partiya moddiy texnikasini yaxshilash va texnik takomillashtirish xarajatlariga  2 milliard  394 million; 6% tashkil etdi.

Saqlab turish va joriy taʼmirlashga xarajatlariga 5 milliard 530 million 13% tashkil etdi.

Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi, shahar va tuman deputatligiga saylovlarida ishtirok etish uchun 12 milliard 141 million so‘m kelib tushgan.

Shundan saylovlarida ishtirok etish  xarajatlari   12 milliard    110 million  so‘m sarflangan. 99.7% tashkil etdi.

Markaziy saylov komissiyasiga qaytarilgan summa 31 million 200 ming so‘m

Yil yakuniga ko‘ra partiya hisob raqamlaridagi qoldiq  9 milliard     634 million 490 ming  so‘mni tashkil qildi.