601 05.05.2025
                                
                                    
                                    
                                    
                                    
                                    
                                    Partiyaning Toshkent viloyati Kengashi tashabbusi bilan Chirchiq davlat pedagogika universitetida “Qadrimiz, qadriyatlarimiz va qadrlilarimizni asraylik” shiori ostida maʼrifiy targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Tadbirda partiyaning dasturiy vazifalaridan kelib chiqib, taʼlim muassasalarida talaba-onalar uchun sharoitlarni yaxshilash, qizlarni oilaviy hayotga tayyorlash, erta nikohning oldini olish masalalari muhokama qilindi. Bu borada talabalarning fikr-mulohazalari o‘rganildi, yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishildi.