Aholiga psixologik yordam ko‘rsatish ishlari tartibga solinadi


98     24.06.2024

   Yig‘ilishda “Aholiga psixologik yordam ko‘rsatish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ham ko‘rib chiqildi.

     "Milliy tiklanish" demokratik partiyasi fraksiyasining bir guruh deputatlari tomonidan ishlab chiqilgan qonun loyihasi aholiga psixologik yordam ko‘rsatish prinsiplari, vazifa va turlari, huquq va majburiyatlari, bu borada bepul yordam ko‘rsatiladigan shaxslar toifalari belgilanmoqda. Aholiga psixologik yordam ko‘rsatish sohasidagi professional uyushmalari faoliyatining huquqiy asoslari yaratilmoqda.

     Fraksiya aʼzosi Zumrad Bekatovaning taʼkidlashicha, qonun loyihasi bilan psixologik yordam ko‘rsatish huquqiga ega bo‘lmagan shaxs tomonidan psixologik yordam ko‘rsatganlik uchun maʼmuriy javobgarlik choralari ham belgilanmoqda.

     Qonun loyihasi aholiga psixologik yordam ko‘rsatish sohasining huquqiy poydevori yaratilishi, fuqarolarning bunday yordam olishga bo‘lgan ehtiyojini qondirish hamda xususiy amaliyot olib borayotgan psixologlarning qonuniy faoliyat olib borishini taʼminlashga xizmat qiladi.