“Toza likopcha” aksiyasi muhim pallaga kirdi


877     05.05.2025

Samarqandda “Milliy tiklanish”ning “Toza likopcha” aksiyasi muhim pallaga kirdi. Maktabgacha taʼlim tashkilotlari va maktablarda aksiya doirasida yeguliklarni uvol qilmaslik, isrofgarchiliklarga yo‘l qo‘ymaslik hamda to‘g‘ri ovqatlanish masalalari keng targ‘ib qilinmoqda.

Ayrim maktablarda to‘y-marosimlarda dabdababozlik, isrofgarchilik kabi illatlarga yo‘l qo‘ymaslik, unday tejalgan mablag‘ni taʼlim-tarbiyaga sarflash bo‘yicha ham targ‘ibot ishlari olib borilmoqda.