“Taraqqiyot blogi” tashkil etildi


1016     05.05.2025

Qonunchilik palatasida “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi va Liberal-demokratik partiyasi fraksiyalarining qo‘shma majlisi bo‘lib o‘tdi.

Bugun mamlakatimiz siyosiy hayotida ham tarixiy kun bo‘ldi. Maqsad va vazifalari, g‘oyalari hamohang bo‘lgan ikki fraksiya qarori bilan “Taraqqiyot blogi” tashkil etildi va bu shubhasiz Yangi O‘zbekistonni barpo etish, xalqiimz farovonligi yo‘lidagi strategik qaror bo‘ldi.