641 05.05.2025
“Taraqqiyot blogi”ning ilk yig‘ilishida Hisob palatasining 2024-yildagi faoliyati to‘g‘risidagi hisoboti ko‘rib chiqildi.
Audit tadbirlari va tahlillar natijasida o‘tgan yili 58,8 mlrd so‘mlik ortiqcha xarajatlarning oldi olindi, budjet tizimi xarajatlari 9,3 trln so‘mga maqbullashtirildi. 4,8 trln so‘mlik qo‘shimcha daromad manbalari aniqlanib, 2,0 trln so‘m mablag‘lar byudjetga qaytarilishi taʼminlandi. Budjet hisobidan 540,2 mlrd so‘mlik ortiqcha va noqonuniy, 1,7 trln so‘mlik maqsadsiz va samarasiz xarajatlar aniqlanib, ularni hal etish va kelgusida takrorlanmaslik choralari ko‘rildi.