Ajdodlarga yuksak hurmat avlodlarning vazifasi


681     08.05.2025

“Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan partiyaning Andijon viloyatidagi deputatlik guruhi aʼzolari Buloqboshi tumanida istiqomat qilayotgan faxriylar holidan xabar oldi.

Keksalarni qadrlash, o‘tganlarni yod etish, yoshlarda milliy vatanparvarlik ruhini kuchaytirish maqsadida tashkil qilingan tadbirda tinchlik va barqarorlikning ahamiyati, urush qatnashchilari hamda mehnat faxriylarining qahramonliklari, qadriyatlarimiz tarannum etildi.