673 08.05.2025
Partiyaning “Siyosatchi ayollar klubi” tomonidan O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, taniqli shoira Sharifa Salimovaning “Qabohat saltanati yoxud qor qo‘ynida lolalar” nomli sheʼriy romani taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Maʼlumki, o‘tgan asrning 1937-1938-yillarida yuz bergan qatag‘on, millatimiz oydinlariga nisbatan qilingan “katta qirg‘in” haqida juda ko‘p kitoblar yozilgan. Taqdimoti qilingan yangi kitobda ham mustabid tuzumning o‘sha mudhish voqealari tasvirlangan.
Yangi asarning kitobxon eʼtiborini tortgan jihati shundaki, unda asosan jadid momolarimiz hayoti, boshiga tushgan mislsiz azob-uqubatlar, qamoqxona, surgunlardagi dahshatli qiynoqlar ilk bor sheʼriy misralarda mohirona tasvirlangan.