Bolalarning huquqlari yanada ishonchli himoya qilinadi


576     14.05.2025

Fraksiya yig‘ilishida muhokama qilingan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddasiga kiritilayotgan o‘zgartirishga ko‘ra, endi maxsus diniy maʼlumoti bo‘lmay turib yoki xususiy tartibda diniy taʼlimotdan saboq berish voyaga yetmagan shaxsga nisbatan sodir etilgan bo‘lsa to‘g‘ridan-to‘g‘ri jinoiy javobgarlik belgilanmoqda.

Maʼlumotlarga ko‘ra, oxirgi 5 yilda 13 mingga yaqin bola noqonuniy diniy taʼlim olgan, ularga asosan “hujra”larda, shuningdek Internet jahon axborot tarmog‘i orqali, chet tillarini o‘rgatish niqobi ostida ochilgan til o‘rgatish markazlarida diniy taʼlim berilganligi aniqlangan.