“Tarixchi ekspertlar” kengashi tuzildi


784     14.05.2025

Partiyaning Saylovoldi dasturida davlatchiligimiz rivojining uch ming yillik tajribasidan kelib chiqib ish ko‘rish, buyuk ajdodlarimiz ilmiy-maʼnaviy merosini keng targ‘ib qilish, xalqimizning boy madaniy merosi va anʼanalarini saqlash, ko‘paytirish, qadimiy qo‘lyozmalarni tadqiq etish bo‘yicha bir qator vazifalar belgilangan. Albatta, ularni tarixchilar yordamisiz amalga oshirib bo‘lmaydi.

Shu bois, "Milliy tiklanish" demokratik partiyasi qoshida “Tarixchi ekspertlar” kengashi tashkil qilindi. "Tarixchi ekspertlar" kengashi ilmiy tadqiqotlar olib borish, tarjimalar qilish va faoliyat samaradorligini oshirishga imkon beradi.