Tiklanish davri tugadi, taraqqiyot davri boshlanmoqda.


983     16.05.2025

Davlat rahbari boshchiligida tarbiya va ta’lim tizimida islohotlar samaradorligi muhokama qilindi.

Tiklanish davri tugadi, taraqqiyot davri boshlanmoqda. Taraqqiyot bo’ladimi, yo’qmi - yaqin o’n yillikda yoshlarimizning ma’naviy-ma’rifiy darajasi hal qiladi. 

Pedagoglar mamlakat uchun harbiylardek, xatto ulardan ham muhimroq ahamiyatga ega bo’lmoqda. 

Harbiylar sadoqati bilan mavjud davlatning butunligi va xavfsizligini himoya qiladilar, pedagoglar kelajak avlodga eng zamonaviy bilimlarni berib olim qilib yetishtirsalar-u, o’zlik va Vatanga muhabbatni bera olmasalar davlat bor yoki yo’q bo’lish masalasini muhokama qilishga majbur bo’ladi.  

Bog’cha va maktab faqat Prezident  jon kuydirgani bilan o’zgarib qolmaydi, kutilgan natija uchun loqayd bo’lmagan har bir vatandosh jarayonda ishtirok etishi kerak.

 

Alisher QODIROV,
“Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Markaziy kengashi raisi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi “Milliy tiklanish” partiyasi fraksiyasi rahbari