656 19.05.2025
Partiyaning Toshkent shahar Kengashida poytaxt Turizm va Madaniyat bosh boshqarmalarining 2025-yil birinchi chorakdagi faoliyati bo‘yicha o‘tkazilgan hisobot yig‘ilishida deputatlar tomonidan sohalar jozibadorligini oshirish bo‘yicha fikr-mulohazalar bildirildi. Muammo va kamchiliklar tahlil qilinib, hal etish bo‘yicha takliflar o‘rtaga tashlandi.
Maʼlum qilinishicha, hisobot davrida Toshkentga 1 mln. nafardan ortiq sayyoh tashrif buyurgan. Turizm xizmatlari eksporti esa qariyb 351 mln. dollarni tashkil etdi. Madaniyat boshqarmasi tasarrufida 34 ta markaz, 30 ta bolalar musiqa va sanʼat maktabi hamda 1 ta Planetariy faoliyat ko‘rsatayotgan bo‘lib, ularda birinchi chorakda 182 308 nafar aholi ishtirokida 605 ta tadbir o‘tkazildi.