883 19.05.2025
Fraksiya yig‘ilishida Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 15-may kuni maktab taʼlimi tizimi yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishi mazmun-mohiyati muhokama qilindi.
Taʼkidlanganidek, “Milliy tiklanish” uchun taʼlim-tarbiya doimo ustuvor vazifa bo‘lib kelgan. Shu jihatdan, mazkur yig‘ilish partiya dasturida hayot-mamot masalasida belgilangan taklif va tashabbuslar ijrosini taʼminlashda muhim ahamiyat kasb etishi shubhasiz.
– Albatta, maqsadlarimiz ezgu, yoshlarimizni zamonaviy bilimlarni to‘la o‘zlashtirgan, vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, – dedi fraksiya rahbari Alisher Qodirov.