Qancha talaba sport bilan shug‘ullanmoqda?


476     23.05.2025

Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi "Milliy tiklanish" partiyasi fraksiyasi hamda Fan, taʼlim, madaniyat, sport va yoshlar masalalari qo‘mitasi tomonidan Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining “Oliy taʼlim muassasalarida sport yo‘nalishlari bo‘yicha ajratilgan kvotalar, pedagogik tarkib va taʼlim sifatini oshirish borasidagi ishlar to‘g‘risida”gi axboroti eshitildi.

Vazirlik maʼlumotiga ko‘ra, bugungi kunda talabalar o‘rtasida “Universiada”, “Besh tashabbus olimpiadasi”, “Talabalar ligasi”, “Talaba-yugur” va “Rektor kubogi” sport musobaqalari muntazam o‘tkazib kelinmoqda. Ularda jami talabalarning 30,2 foizi qamrab olingan.

Deputatlar vazir o‘rinbosarining ana shunday maʼlumotlar jamlangan axbortini eshitib, maʼlumot uchun qabul qildi va yoshlar o‘rtasida ommaviy sportni yanada rivojlantirish bo‘yicha o‘z tavsiya va takliflarini berdi.

Hamdam Niyozov,
partiya Markaziy kengashi bo‘lim boshlig‘i