Yangi O‘zbekistonning ochiq, pragmatik tashqi siyosati


658     26.05.2025

Fraksiya yig‘ilishi O‘zbekiston Prezidentining Vengriya va Sloveniyaga qilgan rasmiy tashrifining ahamiyati muhokamasi bilan boshlandi. Taʼkidlanganidek, Yangi O‘zbekistonning ochiq, pragmatik tashqi siyosati Davlatimiz rahbarining Vengriya va Sloveniyaga qilgan safarida ham yana bir bor o‘z tasdig‘ini topdi.

– Ayni paytda O‘zbekiston Jahon savdo tashkilotiga kirishda Yevropa Ittifoqi davlatlari bilan muzokaralar o‘tkazmoqda. Shu jihatdan, bu ikki davlat Yevropa Ittifoqi aʼzosi hisoblanadi va bu safar, shubhasiz, mamlakatimizning JSTga tezroq aʼzo bo‘lishida muhim ahamiyat kasb etadi, – dedi fraksiya yig‘ilishini boshqarayotgan Nodir Tilavoldiyev.