Nizolar sudgacha hal qilinadi


665     26.05.2025

Dunyoning rivojlangan davlatlarida nizolarni sudgacha hal qilish amaliyoti bor va bu jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari, qonuniy manfaatlarini taʼminlash, muammolarini hal etishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Fraksiyada ikkinchi o‘qishda muhokama qilingan ushbu qonun loyihasi bilan mazkur amaliyot, yaʼni mediatsiya instituti ham O‘zbekiston qonunchiligiga kiritilmoqda.

Fraksiya aʼzosi Shahnoza Joldasovaning taʼkidlashicha, ushbu amaliyot tadbirkorlik subyektlari hamda fuqarolar o‘rtasidagi nizolarni samarali va tezkor hal etish, sudlardagi yuklamani maqbullashtirishga xizmat qiladi.