Migratsiya talablari yengillashtirilmoqda


585     26.05.2025

Yig‘ilishda migratsiya jarayonlarini bozor talablari asosida takomillashtirish bilan bog‘liq qonun loyihasi birinchi o‘qishda muhokama qilindi.

Loyiha bilan Migratsiya agentligining nazorat vakolatlari kengaytirilmoqda va xususiy bandlik agentliklari javobgarligi kuchaytirilib, litsenziya talablari yengillashtirilyapti. Birgina misol: litsenziya olish uchun zaxira mablag‘i bazaviy hisoblash miqdorining sakkiz ming besh yuz baravaridan to‘rt ming baravargacha kamaytirilmoqda.