784 26.05.2025
Muvofiqlikni baholash organlarining masʼuliyatini yanada oshirishga qaratilgan qonun loyihasi muhokamasida fraksiya aʼzosi palma yog‘i bilan bog‘liq masalani ko‘tardi.
Maʼlumki, tibbiyotda palma yog‘i inson salomatligi uchun zararli ekani allaqachon isbotlangan va shu bois, aksariyat davlatlarda oziq-ovqat ishlab chiqarishda bunday yog‘dan foydalanish taqiqlangan. Jumladan, O‘zbekistonda ham.
– Lekin mamlakatimizda arzon bo'lgani uchun hamon bunday yog‘dan foydalanilmoqda, ayniqsa, bolalar oziq-ovqatlari ishlab chiqarishda, – dedi Azamat Pardayev.