385 27.05.2025
Maʼlumki, partiyaning yillik ish rejasida mahalliy Kengash deputatlari tomonidan “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan mansabdor shaxslar hisobotlarini eshitish vazifasi belgilangan.
Shu maqsadda mazkur tizim faoliyatini, shuningdek, sohaga oid mavjud normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyatini chuqur tahlil etish maqsadida seminar tashkil etildi.
Partiya vakillar va mahalliy Kengash deputatlari ishtirokida o‘tgan seminarda so‘zga chiqqanlar sohaga doir qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar hamda ularning ijrosi va mavjud muammolar yuzasidan o‘z maʼruzalari bilan ishtirok etdilar. Seminarda ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar, ayollar va yoshlarni “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”ga, shuningdek, “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilish mezonlari va yordamning manzilli tashkil etilishiga doir savollarga mutaxassislar tomonidan javob berildi. Bunday muloqotlar samarsi o‘laroq, partiya deputatlik korpusi tomonidan amalga oshiriladigan nazorat-tahlil ishlari samaradorligi oshiriladi.
Hamdam Niyozov,
partiya Markaziy kengashi bo‘lim boshlig‘i