542 29.05.2025
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamentiga “Milliy tiklanish” partiyasidan saylanganlar fraksiya rahbari Alisher Qodirov bilan uchrashdi. Partiya yetakchisi yoshlarga kelgusidagi ish joyi aynan Qonunchilik palatasi bo‘lishiga ishonch bildirib, buning uchun partiya g‘oyalarini o‘zining g‘oyalaridek his etib, maqsad va vazifalar hayotiyligini taʼminlashda faol bo‘lish lozimligini taʼkidladi.
– Parlament bu xalqning xohish-istaklarini qonunlarda aks ettiradigan vakillar joyi. Har bir deputat avvalo shuni his qilishi lozim va bu partiyaning “Qadriyatlarga tayangan taraqqiyot” g‘oyasiga asoslanishi kerak, – dedi Alisher Qodirov.
Uchrashuv yakunida Yoshlar parlamentidagi fraksiya rahbari saylandi va 29 nafar Yoshlar parlamenti a'zolariga aʼzolik guvohnomasi, ko‘krak nishoni hamda partiya ramzi tushirilgan esdalik sovg‘alari topshirildi.
Hamdam Niyozov,
partiya Markaziy kengashi bo‘lim boshlig‘i