O‘rganishlar bejiz Navoiy viloyatidan boshlanmadi


665     29.05.2025

Prezident raisligida 26-may kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida mahalliy sanoatni rivojlantirish bo‘yicha belgilangan vazifalardan kelib chiqib, partiya Markaziy kengashi raisi Alisher Qodirov boshchiligidagi ishchi guruh Navoiy viloyatida o‘rganishlarni boshladi.

– Safarimiz bejiz Navoiy viloyatidan boshlanmadi. O‘zbekistonda sanoat ishlab chiqarish kamaygan va bunga 29 ta tumanda ko‘rsatkichlar pasaygani sabab bo‘lgan. Ularning uchtasi Navoiyda, – dedi Alisher Qodirov dastlab viloyat markazidagi “Muhtasham mebellar” korxonasi faoliyati bilan tanishuv chog‘ida.

150 nafar ishchi mehnat qilayotgan korxona nafaqat ichki, Rossiya, Tojikiston va Qirg‘iziston bozorlariga ham mahsulot sotyapti. Mutasaddilar bilan ishlab chiqarish quvvatini oshirish, yangi ish o‘rni va milliy brendni yaratish masalalari muhokama qilindi. Ishchi guruh Karmana tumanidagi Navoiy issiqlik energiya stansiyasida ham bo‘lib, ishlab chiqarishi pasaygani sabablarini o‘rgandi.