862 30.05.2025
Shu kunlarda Rossiyaning Perm shahrida Osiyo siyosiy partiyalari xalqaro konferensiyasi (ICAPP) doimiy qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilishi hamda “Yevroosiyo qitʼasida xavfsizlik va hamkorlikning yagona va teng tizimini shakllantirish bo‘yicha xalqaro jamoatchilikning siyosiy tinglovi” mavzusidagi forum bo‘lib o‘tmoqda. Dunyoning 50 ga yaqin mamlakatidan kelgan siyosiy partiyalar vakillari va ekspertlar ishtirokida o‘tayotgan tadbirda partiyamiz vakillari ham qatnashmoqda.
Jumladan, partiya Markaziy kengashi O‘quv-tadqiqot va tahlil markazi direktori Nargiza Hamidova forum doirasidagi “Yevroosiyo qitʼasida gumanitar hamkorlik” deb nomlangan sessiyada so‘zga chiqib, mintaqaviy siyosiy hamkorlikni rivojlantirish, taʼlim, madaniyat va gumanitar yordam bo‘yicha takliflarni ilgari surdi.