“Boqimanda emasman, lekin...”


464     30.05.2025

Qonunchilik palatasi deputati Dilnoza Azizova fuqaro murojaati bo‘yicha Uychi tumanida Muhabbat Azizova xonadonida bo‘ldi. Mahalla faollarining bildirishicha, ayolning irodasi kuchli, mehnatsevar: qish va kuzda somsa sotadi, bahorda esa gulchilik bilan shug‘ullanadi. “Boqimanda emasman, lekin davlatdan birgina o‘tinchim bor, – deydi ayol deputat bilan suhbatda. – Tikuv mashinasi bo‘lsa, nafaqat oilamni taʼminlardim, ishimni kengaytirib, qo‘shimcha ish o‘rni ham yaratardim”.

“Ko‘rdim, ro‘zg‘ori haminqadar, moliyaviy yordam so‘raydi deb kutgandim. Lekin ko‘zlari yonib turgan ayol imkoniyat so‘radi va uni hoziroq bajarmaslik mumkin emasligini his qildim. Shu kuniyoq tuman hokimligiga qo‘ng‘iroq qilib, tikuv mashinasini hal qildik. Ishchi guruh bilan ayolning ko‘zlaridagi quvonchni ko‘rib xursand bo'ldik”, – dedi deputat jamiyatimizda boqimanda emas, ana shunday ko‘zi yonadiganlar ko‘payshini tilab.