“Arvik” mahallasi muammolari


209     30.05.2025

Aholiga yengillik qilishni ko‘zlab Xiva tumaniga borgan deputat Jumanazar Otajonov bu safar “Arvik” mahallasi raisi va “yettilik” vakillari bilan uchrashishni lozim topdi. To‘g‘rida, muammolar mahallada tug‘iladi, mahalla tinch bo‘lsa, qolganlar ham tinch. Mahalla oqsoqoli ham deputatni kutib turgan ekanmi, muammolarni to‘kdi: odamlar tomorqasiga suv kelmayapti, ayrim qishloqlar uzluksiz elektr energiya, toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmagan.

Jumanazar Otajonov shu kuniyoq ushbu masalalar bo‘yicha mahalliy deputatlar bilan uchrashib, oqsoqol ko‘targan muammolarni avvalo Kengash sessiyalari orqali hal qilish bo‘yicha maslahat qildi. “Toshkent orqali hal bo'ladigan masalalar bilan o'zim shug'ullanaman”, dedi quyi palata deputati hamkasblarini ruhlantirib. Deputat mahalladagi maktabgacha taʼlim tashkilotida ham bo‘lib, tarbiyachilar bilan suhbatlashdi.