Erta nikohni targ'ib qilganlarga qonun tashabbusi kerak


557     30.05.2025

Partiya Markaziy kengashida “Oilaviy qadriyatlarni mustahkamlashda ijtimoiy hamkorlik masalalari” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Partiya vakillari, Qonunchilik palatasi deputatlari, hamkor tashkilotlar masʼullari hamda “Siyosatchi ayollar klubi” aʼzolari ishtirokida o‘tgan tadbirda so‘nggi yillarda muhokama markazidan tushmayotgan erta nikohning oldini olish, to‘y va oilaviy marosimlarni tartibga solish, otalar kunini ijtimoiy-siyosiy kun sifatida belgilash masalalari muhokama qilindi.

Davra suhbati uchun bu mavzuning tanlangani bejiz emas. Taʼkidlanganidek, partiyaning Saylovoldi dasturida tadbir kun tartibiga kiritilgan masalalar bo‘yicha muhim taklif va tashabbuslar ilgari surilganki, ularning ijrosi mamlakatimizda oilaviy qadriyatlarni asrash, oila institutini mustahkamlashga xizmat qiladi. Tadbir xulosalariga ko‘ra bunda eng asosiysi erta nikohni targ‘ib qilganlarga javobgarlikni kuchaytirish bo‘yicha qonun tashabbus qilinishi kerak.