Yechimini ortga surib bo‘lmaydigan murojaatlar


541     30.05.2025

Qonunchilik palatasi deputati Zuhra Mirg‘oziyevaning Yuqori Chirchiq tumanidagi o‘rganishlari tig‘iz bo‘ldi. Deputat dastlab 6-sonli bog‘cha faoliyati bilan tanishgan bo‘lsa, so‘ngra 7-sonli maktabga borib, “Dolzarb 90 kunlik” – yozda yoshlarning bo‘sh vaqtini samarali tashkil etish bo‘yicha qilinayotgan ishlar bilan tanishdi. Navbatdagi manzil “Qorasuv” mahallasi bo‘ldi. “Yettilik” vakillari bilan uchrashib, fuqarolar murojaati bo‘yicha manzilli ko‘rsatmalar berildi. Oilaviy tadbirkorlik bilan shug‘ullanayotgan fuqarolar muammolari ham o‘rganildi.

Deputat tuman tibbiyot birlashmasida ham bo‘lib, tug‘ruq bo‘limi shifokorlarining sohaga oid takliflarini eshitdi, bemorlar bilan gaplashib, kamchiliklarni o‘rgandi. “Haqiqatan ham bu galgi safarim tig‘iz bo‘ldi. Yechimini ertaga qoldirib bo‘lmaydigan murojaatlar, manzilli o‘rganishlar ko‘p edi”, – deydi deputat.