594 30.05.2025
Qoraqalpog‘istonning Shumanay tumaniga borgan Qonunchilik palatasi deputati Ruslan Jumamuratov korrupsiyaning oldini olish, maishiy korrupsiyaga olib kelayotgan omillarni aniqlash hamda bu borada jamoatchilik fikrini o‘rganish maqsadida 3-sonli maktab pedagoglari bilan uchrashdi. “Ketenler” mahallasi faollari bilan uchrashuvda esa to‘y-hasham, maʼraka va marosimlarda ortiqcha isrofgarchilikka yo‘l qo‘ymaslik, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, “ijtimoiy profilaktika” tizimini to‘g‘ri tashkil etish masalalari muhokama qilindi.
“Milliy tiklanish” fraksiyasi aʼzosi mahalliy Kengash deputatlari bilan ham uchrashib, doimiy komissiyalar tomonidan olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi.