Deputat “Mirzo Ulug‘bek kichik sanoat zonasi”da


176     30.05.2025

Davlat rahbari raisligida 26-may kuni mahalliy sanoatni rivojlantirish bo‘yicha o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida Toshkent shahrida sanoat o‘sishi 1,1 foizni boy bergani ko‘rsatilib, ko‘rsatkichlarni oshirish bo‘yicha vazifalar belgilangan edi. Mahalliy Kengash deputatlari hamrohligida “Mirzo Ulug‘bek kichik sanoat zonasi”da bo‘lgan deputat Vasila Fayziyeva ishlab chiqarish korxonalari faoliyati bilan tanishdi.

Korxona rahbarlari bilan uchrashib, videoselektor yig‘ilishida ko‘tarilgan masalalarning mazmun-mohiyati, ishlab chiqarishni kengaytirish orqali yangi ish o‘rinlari yaratish, xomashyo taʼminoti, milliy brendni yaratish, eksport, sertifikatlash masalalarini muhokama qildi. Bu borada qonunchilikka kiritiladigan o‘zgartishlar bo‘yicha gaplashdi.