875 30.05.2025
Prezident raisligida maktab taʼlimi masalasida 15-may kuni bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida belgilangan vazifalardan kelib chiqib, Qonunchilik palatasi deputati Kozim Tojiyev mahalliy Kengash deputatlari hamrohligida Xatirchi tumanidagi 4-sonli maktab faoliyati bilan tanishdi. “Dolzarb 90 kunlik” doirasida qilinayotgan ishlarni o‘rgandi. Maktabda 12 ta to‘garak tashkil qilingan bo‘lib, sport turlari, yosh musavvirlar, ingliz tili, zakovat, shaxmat-shashka, matematika, tabiiy fanlar to‘garaklarida 100 dan ziyod o‘quvchilar qatnashmoqda. O‘rganishlarda tabiiy fanlar laboratoriya jihozlari eskirgani aniqlandi.
Deputatlar tumandagi 33-sonli oilaviy poliklinikada ham bo‘ldilar. Dardiga darmon istab kelganlar bilan suhbatlashilib, poliklinika joriy yilning 1-iyulidan tibbiy sug‘urta asosida faoliyat ko‘rsatishi va bu xizmat sifatini yaxshilashga xizmat qilishi tushuntirildi