658 02.06.2025
Qonunchilik palatasi deputati Abdulhakim Eshboyevning Surxondaryodagi o‘rganishlari natijalar bilan boshlandi. Deputat sa’y-harakati bilan Qumqo‘rg‘on tumani “Surxon sohili” mahallasidan “Ayollar daftari”da ro‘yxatda turgan 11 nafar ayol “Qumtex Invest” va “Agroprosessing group” korxonalariga ishga joylashtirildi.
– Bu safar asosiy e’tiborni “Ayollar daftari”, “Temir daftar”, “Yoshlar daftari”da ro‘yxatda turgan fuqarolar bandligini ta’minlashga qaratyapman. Sababi, ijtimoiy daftarlarga kiritilganlarning aksariyati ishsiz, – deydi “Milliy tiklanish” fraksiyasi a’zosi.