530 02.06.2025
3-iyun kuni "Milliy tiklanish" demokratik partiyasi tashkil topganiga 30 yil to‘lishi munosabati bilan partiyaning Farg‘ona viloyati Kengashida taqdirlash tadbiri bo'lib o'tdi. Islom Karimov nomli viloyat teatr va konsert saroyida partiyaning minglab tarafdorlari jam bo‘ldi.
"Qadriyatlarga tayangan taraqqiyot shiori asosida partiyaning dasturiy maqsad va vazifalarini hayotimizga tatbiq etar ekanmiz, bunda siz aziz partiyamiz a'zolarining, jonkuyar deputatlarimizning xizmatlari katta" - dedi viloyat Kengashi raisi Ilhomjon Nosirov.