183 02.06.2025
“Saylovchilarimning hech bir murojaati e’tiborimdan chetda qolmaydi. Ular hal bo‘lmagunicha na menda, na mas’ullarda tinim bo‘ladi”, dedi Qonunchilik palatasi deputati Azamat Pardayev Bulung‘ur tumani "Gʻo‘bdin", "Lalmikor", "Nurli yo‘l" mahallalari aholisi bilan bo‘lgan uchrashuvda. Ochiq muloqotlarda aholi tomonidan asosan yo‘l ta’miri, ichimlik suvi bilan bog‘liq muammolar ko‘tarilgan.
Deputat 31-sonli maktabning ijara asosida ajratilgan avtobus masalasini joyida hal qilishga erishdi. Mutasaddi tashkilot vakillari bilan ijara muddatini uzaytirishga kelishildi va tegishli hujjatlar rasmiylashtirildi.