“Tirik tarix” natijasi qanday bo‘lyapti?


1008     02.06.2025

“Milliy tiklanish” fraksiyasi tashabbusi bilan “Tirik tarix” turkumidagi filmlarni ishlab chiqarish uchun davlat byudjetidan 40 mldr so‘m qo‘shimcha mablag‘ ajratilgan edi. Deputat Azamat Pardayev ushbu masalani ko‘tarib, natijasi haqida so‘radi.

Madaniyat vazirligi vakili “Tirik tarix” turkumida 54 ta tarixiy filmlar ishlab chiqarish belgilangan bo‘lsa, joriy yilda uning doirasida 10 ta filmni suratga olish ishlari boshlanganini maʼlum qildi.