664 02.06.2025
Deputat Bahodir Mamatxonov Davlat byudjetining 2025-yil birinchi chorakdagi ijrosi muhokamasida maktablarda kam taʼminlangan oilalar farzandlari uchun bepul to‘garaklar tashkil qilish masalasini ko‘tardi.
Bahodir Mamatxonov: fraksiyamiz tashabbusi bilan bu maqsad uchun 2025-yil byudjetdan qo‘shimcha 200 mlrd so‘m ajratish masalasi hal qilingan edi. Lekin joylardagi o‘rganishlardan maʼlum bo‘ldiki, bu boradagi ishlar hamon boshlanmagan.
Vazirlik vakili bu masala bo‘yicha tegishli idoralar bilan kelishilgani, qaror loyihasi yaqin kunlarda imzolanishini maʼlum qildi.