809 02.06.2025
Deputat Kozim Tojiyev maktablarda yo‘lga qo‘yilgan “Dolzarb 90 kun” loyihasi masalasini ko‘tardi. Deputatning taʼkidlashicha, o‘rganishlardan maʼlum bo‘ldiki, ayni paytda yozgi taʼtilga chiqqan o‘qituvchilar ham bu ishga jalb qilinmoqda. Lekin ular qo‘shimcha rag‘batlantirilayotgani yo‘q.
Vazir o‘rinbosari Temur Komilov mazkur masalani izohlab, bu ishga mehnat taʼtiliga chiqmagan o‘qituvchilar jalb qilinayotganini, lekin ularni qo‘shimcha rag‘batlantirish imkoni yo‘qligini maʼlum qildi.