Partiya xodimlari uchun o‘quvlar boshlandi


65     01.08.2024

   Saylovlarda eng yuqori natijaga erishishni bosh maqsad qilgan “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi ham bu jarayonda faol ishtirok etmoqda. Jumladan, bugun partiya Markaziy kengashida Toshkent shahri hamda Toshkent viloyatidagi tuman va shahar Kengashlari raislari uchun o‘quv tashkil qilindi.

 O‘quvda soha mutaxassislari hamda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlarining mamlakatimizdagi siyosiy jarayonlar, Saylov kodeksiga kiritilgan so‘nggi o‘zgarishlar, Qonunchilik palatasi hamda mahalliy Kengashlar saylovlarining ahamiyati, siyosiy partiyalar faoliyati, saylovda xalqaro tashkilotlar va xorijiy davlatlar kuzatuvchilari ishtiroki bilan bog‘liq masalalardagi maʼruzalari tinglandi. Shuningdek, partiyaning 2020-2024-yillarga mo‘ljallangan Saylovoldi dasturi ijrosi bilan bog‘liq masalalar ham muhokama qilindi.

   Namangan viloyatida ham partiyaning Andijon, Farg'ona va Namangan viloyati tuman va shahar Kengashlari raislari uchun o‘quv tashkil qilindi.

    O‘quvlar 3-avgustga qadar davom etadi.