Qonunchilik palatasi deputati Jizzaxda


569     03.06.2025

Jizzaxda o‘rganishlar olib borgan Qonunchilik palatasi deputati Nazira Muxtorova viloyat Kengashi sessiyasida ishtirok etdi. Sessiyada viloyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga doir 12 ta masala muhokama qilindi. Deputat soliq qonunchiligining joylardagi ijrosi bo‘yicha o‘tkazilgan seminarda ham ishtirok etib, soha xodimlari tomonidan hududlarda soliq undirilishida korrupsion holatlarga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berdi.

Nazira Muxtorova Jizzax shahrida sayyor qabul ham o‘tkazdi. Fuqarolardan tushgan 25 ta murojaatning 5 tasi joyida hal qilindi. Qolganlarini mahalliy Kengash sessiyalari orqali hal qilish choralari ko‘rilmoqda.