O‘zbekiston muammolarni ham birgalikda yecha oladigan darajada o‘zgarmoqda


580     09.06.2025

Fraksiya yig‘ilishi O‘zbekiston milliy terma jamoasining navbatdagi Jahon chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritgani muhokamasi bilan boshlandi. Taʼkidlanganidek, bu shunchaki g‘alaba emas, bu xalqimizni bir maqsad sari birlashtirishda ham muhim ahamiyat kasb etadigan tarixiy voqeylikdir.

– O‘zbekiston g‘alabani baland ovozda birlikda nishonlay olganidek, muammolarni ham mustahkam birgalikda yecha oladigan darajada o‘zgarmoqda, – dedi Alisher Qodirov g‘alaba bilan barchani qutlab.