Nizolar sudgacha hal qilinishi kerak


767     09.06.2025

Fraksiya yig‘ilishida nizolarni taraflarning o‘zaro kelishuvi asosida hal qilish, yaʼni mediatsiya institutini takomillashtirishga qaratilgan qonun loyihasi muhokama qilindi. Sudlarda ish hajmi ortib borayotgani, jumladan, 2023-yilda fuqarolik sudlari 2021-yilga nisbatan 46 foizga oshgani aholiga ham ortiqcha vaqt va ovoragarchilik bilan bog‘liq muammolarni tug‘diryapti.

Maʼlumotlarga ko‘ra, Amerika va Yevropa davlatlarida nizolarni mediatsiya yo‘li bilan sudgacha hal qilish umumiy ishlarning 80 foizini tashkil qiladi. O‘zbekistonda esa bu ko‘rsatkich fuqarolik ishlarida 0,2 foiz, iqtisodiy ishlarda esa atigi 1,8 foizni tashkil qiladi.