1111 09.06.2025
Maʼlumotlarga ko‘ra, o‘tgan yili xorijda bo‘lib qaytgan 1,7 mln fuqaroning 434 mingi, yaʼni 25 foizi ixtiyoriy OIV/OITS tekshiruvidan o‘tgan va ularning 1512 nafarida ushbu kasallik aniqlangan. Qonunchilikda bu borada majburiy tibbiy ko‘rik bo‘lmagani uchun aksariyat fuqarolar tekshiruvga kelmayapti.
Fraksiyada birinchi o‘qishda muhokama qilingan qonun loyihasi bilan endi uzluksiz 90 kun va undan ortiq muddatda chet elda bo‘lib qaytgan 18 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolari, shuningdek, mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun mamlakatimizga kirib kelayotgan xorijliklarni majburiy OIV tekshiruvidan o‘tkazish tartibi belgilanmoqda.