Nega 90 kun


743     09.06.2025

Uzoq muddat xorijda bo‘lganlarni majburiy OIV tekshiruvidan o‘tkazish bilan bog‘liq qonun loyihasi qizg‘in muhokama qilindi. Xususan, deputat Sherzod Qulmatov nima uchun 90 kun belgilanayotgani masalasini ko‘tardi.

Qonun tashabbuskorlari bu yuqumli kasallik inson organizmida 90 kundan so‘ng o‘zini namoyon qilishini qayd etdi. Eng asosiysi, chet eldan qaytgan fuqaro agar o‘zining, oilasining sog‘ligini o‘ylasa, tezda tibbiy ko‘rikdan o‘tishi lozim. Tekshiruvlar davlat hisobidan amalga oshiriladi.